Uzbekistan Airways sizga sayohat qilish uchun eng yaxshi bahonani taqdim etadi! Biz “Bright juma” – uch kunlik maxsus aksiyani e’lon qilamiz. Ushbu aksiya doirasida siz iqtisodiy klass tariflariga 20% gacha chegirma olasiz! 100 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 200 mingdan ziyod aviachiptalar sizni kutmoqda!
Aksiya shartlari:
- Aksiya muddati: 2025-yil 28–30 noyabr.
- Yo‘nalishlar: HY aviakompaniyasi tomonidan bajariladigan barcha muntazam reyslar (jumladan, respublika ichidagi yo‘nalishlar).
- Iqtisodiy klass tariflariga chegirma miqdori:
- Kattalar uchun – tarifdan 20% gacha chegirma;
- 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va salonida o‘tiradigan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – bolalar chegirmasi qo‘llangan tarifdan 20%;
- Salonida joy egallamaydigan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chegirma tatbiq etilmaydi.
- Chipta qaytarish / qayta bron qilish / qayta rasmiylashtirishda tarifga berilgan chegirma jarima va yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda 25% chegirma qo‘llanadi. Qisman foydalanilgan chipta qaytarilganda, foydalanilgan qism uchun tarif bayram chegirmasisiz hisobdan chiqariladi.
- Chegirma qo‘llangan holda rasmiylashtirilgan, ammo umuman foydalanilmagan chiptalarni qayta rasmiylashtirishda tarif to‘liq summasigacha to‘ldiriladi. Istisno — ballar orqali xizmat ko‘rsatish klassini Z darajasigacha oshirish va Change Name Policy doirasidagi o‘zgarishlar.
- 2025-yil 28–30 noyabr kunlari oldin rasmiylashtirilgan chiptalarni qayta rasmiylashtirishda chegirma tatbiq etilmaydi.
- Chegirma asosida rasmiylashtirilgan qisman foydalanilgan chiptalarni qayta rasmiylashtirishda hisob-kitob chipta rasmiylashtirilgan sanaga ko‘ra (ya’ni chegirma bilan) amalga oshiriladi.
- 28–30 noyabr kunlari ilgari taqdim etilgan promokod yoki chegirmalar asosida olingan chiptalarni qayta rasmiylashtirishda chegirma qo‘llanilmaydi va tarif to‘liq summasigacha to‘ldiriladi.
- Chegirma bilan savdo aviakompaniya saytida (UZS/USD/RUB), O‘zbekiston hududida (“Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlari orqali), hamda xorijda faqat HYning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. BSP agentlariga tatbiq etilmaydi. Sayt orqali savdo avtomatik, agentlar orqali — qo‘lda, kattalar va 12 yoshgacha bo‘lgan joy egallovchi bolalar uchun 20% chegirma qo‘llanadi (CH25% chegirmasiga qo‘shimcha sifatida).
- Parvoz muddati cheklanmagan — chipta amal qilish muddati tarif qoidalariga muvofiq belgilanadi, rasmiylashtirish nashr etilgan jadval doirasida mumkin.
- Chegirmalarni qo‘shib qo‘llash taqiqlanadi, faqat bolalar chegirmasi bundan mustasno.
- Chegirma iqtisodiy klassning barcha e’lon qilingan individual tariflariga, shuningdek, Uzbekistan Airwaysning o‘z muntazam reyslari bo‘yicha tranzit tashuvlarga (jumladan, pastbudjetli reyslarga) HY (25021…) stoklarida tatbiq etiladi. CodeShare reyslariga va SPA kelishuvlari doirasidagi tariflarga tatbiq etilmaydi.
- Chegirma blok-joy shartnomalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan chiptalarga, guruhli bronlarga va A3PAX / A4PAX tariflariga tatbiq etilmaydi.
- Chegirma Uzbekistan Helicopters / Silkavia reyslariga tatbiq etilmaydi.
- Toshkent–Mumbay–Toshkent yo‘nalishida P/R tariflari uchun mavjud 50% gacha chegirma saqlanib qoladi, qolgan iqtisodiy klass tariflariga 20% gacha chegirma tatbiq etiladi. Andijondan Novosibirskga jo‘nash bilan reyslarda P/R tariflari uchun 65% gacha chegirma saqlanadi, qolgan tariflar (jumladan, Novosibirsk–Andijon uchastkasida) uchun 20% gacha chegirma qo‘llanadi.
Eslatma: Yo‘lovchi tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda chegirma qo‘llanilmaydigan soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar qo‘shiladi.
Barcha yangiliklar