Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Bolalarning yolg‘iz parvoz qilishi mumkinmi?

2023 24 Mart
3255
Ulashing

Ba’zida ishlarimiz ko‘pligidan, bo‘sh vaqtimiz yo‘qligidan bolalarimiz o‘zlari yolg‘iz parvoz qilishlariga to‘g‘ri keladi. Bolalarning yolg‘iz parvoz qilishi uchun nimalar talab etilishini, ushbu jarayon qanday amalga oshirilishini bilasizmi? Uzbekistan Airways aviaqatnovlarida bolalarni tashish qoidalari bilan tanishib chiqing va farzandlaringizning parvoz jarayonidagi xavfsizligini bizga ishoning.

 “Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchi tashuv qoidalariga ko‘ra 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamrohlarsiz aviakompaniyaning faqatgina ichki qatnovlarida sayohat qilishlari mumkin.  Buning uchun bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasporti talab etiladi.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa 18 yoshga to‘lgan katta yoshdagi yo‘lovchilar hamrohligida parvoz qilishlari kerak.

Qolaversa, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan hamrohsiz bolalar o‘z yurtiga qaytib ketayotgan bo‘lsa tashuv uchib ketayotgan yoki yetib boradigan davlatlar qonunlari, qoidalari va ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Hamrohsiz uchuvchi bolalarga aviabilet xarid qilinayotganda ularga tashuv paytida taqdim etiladigan maxsus xizmatlar uchun qo‘shimcha 100 000 so‘m miqdorida xaq to‘lanadi (O‘zbekiston Respublikasi hududida). Hamrohsiz bola uchun olingan aviabilet ixtiyoriy yoki majburiy ravishda qaytarib berilganda, ushbu to‘lov to‘liq miqdorda qaytariladi.

Bolalar jo‘nab ketish va yetib borish aeroportida yer usti xizmati xodimlari, parvoz jarayonida esa bortkuzatuvchilar nazorati ostida bo‘ladi. Agar yetib borish punktida hamrohsiz bolani hech kim kutib olmasa, aviakompaniya vakili yoki vakolatli agent “Ota-ona yoki vasiyning deklaratsiyasi” asosida bolaning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qarorlarni, shu jumladan bolani dastlabki jo‘nash aeroportiga qaytarish yoki uni manzildagi mamlakatning tegishli organlari vakillariga topshirish to‘g‘risida qarorni qabul qilish huquqiga ega.

PDF-ni yuklab oling