Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Bahorda go‘zallashib ketadigan shaharlar

2023 30 Mart
275
Ulashing

Bahor o‘zining chiroyli tarovati, iliq kunlari bilan har bir shaharu ko‘chalarni ko‘rkam qilib go‘zallashtirib yuboradi. Bunday shaharlarda sayr qilgan insonning kundan kunga quvvati oshib, a’lo kayfiyat egasiga aylanib boradi.

Shunday joylardan biri kunchiqar shahar Tokio. Bu shaharda mart, aprel oylarida gullovchi sakura daraxti sayohatga borgan har bir sayyohning xotirasida uzoq yillar saqlanib qoladi. Agarda siz ham ushbu go‘zallikning guvohiga aylanmoqchi bo‘lsangiz Toshkent shahridan Tokioga haftaning payshanba kunlari Uzbekistan Airways bilan parvoz qilishingiz mumkin.

Navbatdagi manzil bu Milan. Ko‘pchilik bu shaharni modalar uyi hisoblaydi. Lekin ushbu shahar nafaqat moda, balki, bahor faslida o‘zgacha tusga kirishi bilan ham “ko‘klamning go‘zal shahri” maqomiga ega bo‘lishga haqqi bor. Uzbekistan Airways bilan Milanga poytaxtimizdan haftaning seshanba va juma kunlari sayohat qiling.

Parij har doimgidek romantikani yoqtiradiganlar uchun mos shahar. Ayniqsa, bahor faslida shaharning yoqimli tarovati uning ko‘chalarida kezib yurgan barchani o‘ziga rom etadi. Shaharning bahor faslidagi go‘zalligini his qilish uchun esa bor yo‘g‘i Eifel minorasidan turib atrofni kuzatish talab qilinadi. Toshkentdan Parijga Uzbekistan Airways bilan seshanba va juma kunlari sayohatga otlanishingiz mumkin.

Nyu-York. “Betonli jungli” maqomini olgan ushbu shaharga ortiqcha izoh shart emas. Bahor kelishi bilan betonli binolar atrofini turfa tusdagi gullar o‘rab oladi. Markaziy bog‘ ichidagi o‘simliklar esa xushbo‘y islari bilan har bir yo‘lovchini mast qiladi. Toshkent - Nyu-York yo‘nalishida Uzbekistan Airways bilan seshanba, payshanba va yakshanba kunlari parvoz qiling.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling