Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Air India SATS kompaniyasi bilan hamkorlik

2023 21 Dekabr
561
Ulashing

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni davom ettirmoqda.

Uzbekistan Airways va Air India SATS kompaniyasi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzdilar. 2023-yil 20-dekabrdan boshlab aviakompaniyaning Dehlidagi vakolatxonasi Uzbekistan Airways havo kemalariga tijorat va yer usti xizmatish uchun Air India SATS kompaniyasiga o‘tdi.

Foto1

Dehli aeroportida Air India SATS Airport Services Private Limited vakillari HY423/424 qatnovlarini tantanali ravishda kutib olishdi va ikki kompaniya o‘rtasidagi biznes hamkorlikning boshlanishi belgilab bergan tortni kesishdi.

Foto2

Tadbirda Toshkent – Dehli – Toshkent qatnovi Hindiston va mintaqadan kelgan yo‘lovchilar orasida mashhurligi, Air India SATS kafolatlaydigan aeroportda sifatli va o‘z vaqtida yer usti xizmati Uzbekistan Airways aviaqatnovlarini kechikishlarsiz, parvozlar jadvalidan chetga chiqmasdan amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Foto3

Uzbekistan Airways haftasiga olti marta Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

 

Ma’lumot uchun:

 

2023-yil 29-noyabr kuni Air India SATS Airport Services Private Limited (AISATS), Hindistondagi aeroport xizmatlarini boshqarish bo‘yicha Milliy yetakchi kompaniya, GHI Pride of Ground Handling Awards mukofotida “Eng yaxshi bekat” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu faxriy mukofot AISATS kompaniyasining ishda mukammallikka, innovatsion amaliyotlarga va xalqaro miqyosda mijozlar ehtiyojini qondirishga sodiqligini tan olishdir.

GHI Pride of Ground Handling Awards mukofoti aviatsiya sohasida yer usti xizmatlari sohasidagi ulkan yutuqlari va hissalari uchun katta hurmatga sazovor.  

PDF-ni yuklab oling