We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Firibgarlardan ehtiyot boʻling

Share on social media

Uzbekistan Airways internet tarmogʻida (asosan WhatsApp ilovasida) firibgarlar tomonidan soxta va oʻzgarib turadigan havola tarqatilayotganini ma’lum qiladi http://nosereward.top/uzairways/tb.php?lmipkvqq1641898852030.

Ushbu soxta saytda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” nomidan pul mukofotlari va boshqa qimmatbaho yutuqlar bilan tanlov oʻtkazilmoqda. Barcha savollarga javob berilganda, soʻrovnomadan oʻtish kerakligi haqida xabar paydo boʻladi, buning natijasida plastik karta ma’lumotlarini kiritish kerak boʻladi. Kutilmagan xarajatlardan qochish maqsadida sizdan firibgarlarning toʻriga tushib qolmaslikni soʻrab qolamiz. Uzbekistan Airways tashkil etadigan tanlovlar aviakompaniya rasmiy saytida joylashtiriladi va tanlovlarni oʻtkazish vaqtida bank kartalari ma’lumotlarini kiritish soʻralmaydi.  

Uzbekistan Airways plastik kartalardan noqonuniy pul yechib olingani uchun javobgar emas. Uzbekistan Airways mobil firibgarlik holatlarining oshishi munosabati bilan, moliyaviy yoʻqotishlarni oldini olish maqsadida yoʻlovchilarni hushyor turishga chaqiradi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

Download PDF