We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

«Uzbekistan Airways»  AJ 16-avgustdan 31-avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yo'nalishlar bo'yicha muntazam parvozlarning bir qismi majburiy bekor qilinishi haqida xabar qiladi.

Share on social media

Parvozlar amalga oshiriladigan mamlakatlar va O'zbekiston Respublikasining ma'muriy markazlaridagi epidemiologik cheklovlarni hisobga olgan holda xalqaro va mahalliy qatnovlar jadvaliga ozgartirishlar kiritildi.

Aviakompaniyaning veb-sayti orqali yoki «Uzbekistan Airways Sales» (ilgari HABA) filialining kassasida AJning 2020-yil avgust oyidagi bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olgan  yo'lovchilarga to'lov shakliga muvofiq  pul mablag'larini vaucher shaklida olish yoki 2020-yil 01-sentabridan boshlab rejalashtirilgan  AJ qatnovlariga bir martalik qayta bronlash imkoniyati taqdim etiladi. 

«Uzbekistan Airways» AJning xorijdagi  sotuvlar ofisida  yoki  aviakompaniyaning O'zbekiston Respublikasi va xorijdagi aviatashuvlar sotuvi bo'yicha agentlaridan aviachiptalarni sotib olgan yo'lovchilar, pul mablag'larini vaucher shaklida olish yoki uchish sanasini 2020-yil 01-sentabridan boshlab rejalashtirilgan AJ qatnovlariga qayta bronlash  uchun aviachipta sotib olingan joyga murojaat qilishlari kerak.

Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalar sanasini boshqa sanaga qayta bronlash yo'lovchilar tomonidan qo'shimcha to'lovlarsiz amalga oshirilishiga e`tibor berishingizni so'raymiz.

Aviakompaniya call-markaziga ko'plab qo'ng'iroqlar kelib tushayotganligi sababli, xizmatni kutish vaqti sezilarli darajada oshdi. Shu munosabat bilan, yo'lovchilardan qatnovlar bekor qilinishi bilan bog'liq   qo'ng'iroqlar bilan call-markazga murojaat qilmasliklarini iltimos qilamiz.

Eng so'nggi ma'lumotlar aviakompaniya veb-sayti va AJning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilinadi.

To'g'ri tushunishingizni umid qilamiz.

O'zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot  qiling!

Download PDF