We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

O‘zbekistonga uchishdan oldin vaqtingizni tejang – aviaqatnovlarga onlayn ro‘yxatdan o‘ting!

Share on social media

Safaringizni qulaylik bilan boshlang. Uzbekistan Airways’ning onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmati Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga Londonning ikkita aeroporti (Heathrow Airport va Gatwick Airport), Frankfurt-Mayn, Milan, Rim, Riga, Nyu-York, Istanbul, Seul, Kuala-Lumpur, Moskvaning ikkita aeroporti (Domodedovo va Vnukovo), Sankt-Peterburg, Sochi, Mineralniye Vodi, Omsk, Irkutsk, Vladivostok, Olmaota, Ostona, Bishkek, Minsk va Tbilisi aeroportlaridan amalga oshiriladigan aviaqatnovlarda mavjud.

 

Quyidagilarni bilish muhim: 

• Ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 23 soat 55 daqiqa oldin ochiladi va parvozdan 2 soat oldin yopiladi.

• Bortga chiqish talonini Toshkent, Samarqand, Frankfurt-Mayn va Nyu-York (J.Kennedi nomidagi) aeroportlaridagi ro‘yxatdan o‘tish ustunlarida yoki o‘zini o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazish kioskalarida chop etish mumkin.

• Ayrim xorijiy aeroportlarda raqamli bortga chiqish talonlari ham qabul qilinadi.

 

Faqat qo‘l yuki bilan uchasizmi?

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish sizga umumiy ro‘yxatdan o‘tish ustunlarida vaqt yo‘qotmasdan, parvozdan oldingi tartib-qoidalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish imkonini beradi.

 

Bagaj bilan uchasizmi?

Oldindan onlayn ro‘yxatdan o‘ting va aeroportga yetib kelgach, shunchaki aviaqatnovingizni ro‘yxatdan o‘tkazish ustuniga chamadonlaringizni topshiring.

 

Diqqat qiling: xizmat ayrim toifadagi yo‘lovchilar uchun mavjud emas. Batafsil ma’lumot: https://www.uzairways.com/uz/onlayn-royxatdan-otish

 

Uzairways.com saytida yoki Uzbekistan Airways mobil ilovasida parvozga tez va qulay ro‘yxatdan o‘ting. 

Download PDF
AI Assistant
Need help?