We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uyga xush kelibsiz!

Share on social media

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining 3-terminalida o‘zgacha muhit hukm surdi! Biz O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasini katta quvonch va g‘urur bilan kutib oldik.

Sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirish uchun sodiq muxlislar, futbolchilarning oila a’zolari va yaqinlari, OAV vakillari, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ, Uzbekistan Airports va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati yig‘ildi.

Tantanali kutib olish marosimida ta’kidlanganidek, Hukumat va Prezidentimiz tomonidan sportga qaratilgan ulkan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash tufayli ushbu turnir butun mamlakatimizni birlashtiruvchi voqeaga aylandi. Butun xalqimiz vaqt farqiga qaramay – tongi sahardan yarim tungacha – yigitlarimizga jon-jahdi bilan muxlislik qildi.

Ushbu hissiyotlar va tarixiy yutuq uchun sizga tashakkur aytamiz – siz ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i ostida 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida shunday yorqin va munosib ishtirok etdingiz!

Terma jamoamiz uyga Uzbekistan Airwaysning Nyu-York – Toshkent yo‘nalishidagi HY102 muntazam aviaqatnovida qaytgani ham ramziy ma’noga ega. Eslatib o‘tamiz, biz MDH davlatlari orasida Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri transkontinental aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi yagona aviakompaniya bo‘lib qolmoqdamiz.

Uzbekistan Airways jamoasi terma jamoamizni butun qalbi bilan qo‘llab-quvvatlaydi va kelgusi turnirlarda yangi, chiroyli g‘alabalarni tilaydi!

Download PDF
AI Assistant
Need help?