Bugun, 26-yanvar kuni O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi kubogi doirasida sohaning yetakchi aviatsiya va turdosh tashkilotlari jamoalarini birlashtirgan mini-futbol turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirda quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
• "Uzbekistan Airways" AJ
• "O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK
• O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
• Uzbekistan Airways Technics
• Uzbekistan Helicopters
• O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet)


"Uzbekistan Airways" AJ jamoasi tarkibida quyidagi futbolchilar maydonga tushdi: Diyorbek Ubaydullayev, Bekzod Narkulov, Doniyor Qutlimuratov, Jahongir Jo‘raboyev, Elzod Sodiqov, Shohruh Shaazimov, Aleksandr Davidov, Islom Bekmirzayev, Abdumalik Ahrolov.
Turnirning barcha o‘yinlari shiddatli, dinamik ruhda hamkasblar hamda muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tdi. Jamoalar yuqori jismoniy tayyorgarlik va jamoaviy natijaga intilishni namoyish etdilar.


Turnir yakunlariga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar: birinchi o‘rin – "O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK, ikkinchi o‘rin – Uzbekistan Airways Technics, uchinchi o‘rin – "Uzbekistan Airways" AJga nasib etdi.