Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways mini-futbol turnirida

2026 26 Yanvar
Ulashing

Bugun, 26-yanvar kuni O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi kubogi doirasida sohaning yetakchi aviatsiya va turdosh tashkilotlari jamoalarini birlashtirgan mini-futbol turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirda quyidagi jamoalar ishtirok etdi:

•                  "Uzbekistan Airways" AJ

•                  "O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK

•                  O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

•                  Uzbekistan Airways Technics

•                  Uzbekistan Helicopters

•                  O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet)

"Uzbekistan Airways" AJ jamoasi tarkibida quyidagi futbolchilar maydonga tushdi: Diyorbek Ubaydullayev, Bekzod Narkulov, Doniyor Qutlimuratov, Jahongir Jo‘raboyev, Elzod Sodiqov, Shohruh Shaazimov, Aleksandr Davidov, Islom Bekmirzayev, Abdumalik Ahrolov.

Turnirning barcha o‘yinlari shiddatli, dinamik ruhda hamkasblar hamda muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tdi. Jamoalar yuqori jismoniy tayyorgarlik va jamoaviy natijaga intilishni namoyish etdilar.

Turnir yakunlariga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar: birinchi o‘rin – "O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK, ikkinchi o‘rin – Uzbekistan Airways Technics, uchinchi o‘rin –  "Uzbekistan Airways" AJga nasib etdi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?