We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Korrupsiyaning oldini olish – Vatan ravnaqi garovidir

Share on social media

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Korrupsiya – bu davlat rivojlanishining halokati demakdir. Unga qarshi kurash keng ko‘lamli olib borishni talab etadi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yaxlit tizimi yaratildi.

O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.   

2022-yil 29-iyun kuni “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatida boshqarma boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Aviakompaniya rahbarlari va xodimlari korrupsiya bilan bog‘liq “ijobiy munosabatlarning” rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka har tomonlama harakat qilayotganlari ta’kidlandi. Aviakompaniya imidjini yangi bosqichga ko‘tarish, aksiyadorlik jamiyati tizimidagi barcha yo‘nalishlardagi ishlar sifatini oshirish, korrupsiya xavfini minimallashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan zarur chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv davomida aviakompaniya mas’ul rahbarlariga tegishli vazifalar va ularni bajarish muddatlari belgilandi.

Download PDF