Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Yorqin payshanba” qaynoq aksiyasi qorli ob-havoda sizni isitadi!

2023 13 Dekabr
476
Ulashing

Ushbu hafta Uzbekistan Airways Toshkentdan Anqara, Boku, Dehli, Milan, Parij, Pekin, Seul, Tbilisi, Frankfurt va ortga qaytuvchi yo‘nalishdagi barcha aviaqatnovlar tariflariga 20% chegirma e’lon qiladi!

 

Aksiyasining batafsil shartlari:

 

  1. Aksiya muddati 2023-yil 14-dekabr soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 14.12.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Anqara, Boku, Dehli, Milan, Parij, Pekin, Seul, Tbilisi, Frankfurtga va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.

    Chegirmali aviachiptalarni rasmiy saytda, aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin. 
PDF-ni yuklab oling