Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Yorqin payshanba” davom etadi

2023 21 Iyun
739
Ulashing

    Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga aviachiptalarni 35% gacha chegirma bilan xarid qiling va “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida sayohatingizni hamyonbop narxlar bilan rejalashtiring!

Shu hafta, 2023-yil 22-iyun kuni “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Uzbekistan Airways Toshkentdan Sharjaga va ortga qaytuvchi barcha reyslar tariflariga 35% chegirma e’lon qiladi! Toshkentdan Omsk, Grozniy, Farg‘onadan Novosibirskka va ortga qaytuvchi barcha aviaqatnovlarning tariflariga esa 20% chegirma taqdim etiladi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston shaharlaridan Moskvaga va orqaga qaytuvchi barcha reyslarga 20% chegirma amal qiladi.

Yozgi ta‘tilni qayerda o‘tkazishni hali hal qilmadingizmi? Unday bo‘lsa Uzbekistan Airways reyslariga aviachiptalarni xarid qilib “Markaziy Osiyo qanotlarida” yangi his tuyg‘ularni boshdan kechirish vaqti keldi!

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2023-yil 22-iyun soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20% Toshkentdan Omsk/Grozniyga va ortga, Farg‘onadan Novosibirskga va ortga, O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga va ortga qaytuvchi reyslar uchun, 35% esa Toshkentdan Sharjaga va ortga;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20% va 35%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 22.06.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan\ga Omsk, Grozniy, Sharjaga va orqaga, Farg‘onadan\ga Novosibirskka va ortga, Oʻzbekiston shaharlaridan Moskvaga va orqaga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

PDF-ni yuklab oling