Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Yorqin Payshanba

2025 2 Iyul
Ulashing

2025-yil 3-iyul kuni faqat shu sanada AKSIYA o‘tkaziladi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy hamda biznes klassdagi e’lon qilingan individual tariflarga 15% chegirma taqdim etiladi:

•    Toshkentdan / Toshkentga: Anqara, Dubay, Novosibirsk, Pekin, Rim, Sochi, Urumchi
•    Nukusdan / Nukusga: Olmaota
•    Buxorodan / Buxoroga: Urganch

Aksiya shartlari:

1.    Aksiya o‘tkazish muddati — faqat 2025-yil 3-iyul, soat 00:00 dan 23:59 gacha
2.    Chegirma faqat yuqorida ko‘rsatilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlarda, Uzbekistan Airways AJ tomonidan amalga oshirilayotgan o‘z reyslariga (HY operator bo‘lgan) qo‘llaniladi.
Silk Avia va Uzbekistan Helicopters (HY1001–1100) reyslariga nisbatan amal qilmaydi.
3.    Chegirma miqdori:
o    Kattalar uchun — tarifdan 15%
o    2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda salonda alohida o‘rindiqli 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — bolalar chegirmasi qo‘llangan holda 15%
o    Salonda alohida o‘rindiqsiz 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun chegirma amal qilmaydi.
4.    Chiptani qaytarish/pereofomalash holatida — chegirma qayta hisob-kitob to‘lovlari (NO-SHOW, qaytarish va h.k.) uchun qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan chipta uchun qaytariladigan summa — foydalangan yo‘l qismining chegirmasiz tarifidan hisoblab chiqariladi.
5.    To‘liq foydalanilmagan, ammo chegirma bilan rasmiylashtirilgan chiptani qayta rasmiylashtirishda — tarif to‘liq darajasigacha chegirmasiz to‘lov amalga oshiriladi.
Istisno holatlar:
o    Z klassga ball evaziga ko‘tarilish
o    Change Name Policy asosida ism, familiya, pasport ma’lumotlarini o‘zgartirish
6.    Oldin rasmiylashtirilgan chiptani 2025-yil 3-iyulda qayta rasmiylashtirish/perebron qilishda chegirma amal qilmaydi.
7.    Chegirma bilan rasmiylashtirilgan qisman foydalanilgan chiptani qayta rasmiylashtirishda — chegirma saqlanadi, hisoblash qo‘lda amalga oshiriladi.
8.    Chegirma quyidagi joylarda qo‘llaniladi:
o    Uzbekistan Airways rasmiy sayti: UZS/USD/RUB valyutalarda
o    O‘zbekiston hududida: Uzbekistan Airways Sales filiallarida va rasmiy agentlarida
o    Chet elda: faqat HY bilan bevosita shartnoma asosida ishlovchi agentlar (kod 250210…)
BSP agentlariga, guruhli bronlarga, CodeShare reyslariga, Silk Avia va Uzbekistan Helicopters reyslariga taalluqli emas.
Saytda — avtomatik rejimda, agentlar — qo‘lda 15% chegirma bilan rasmiylashtiradi (CH25% chegirmasiga qo‘shimcha ravishda).
9.    Komissiya belgilangan tartibda saqlanadi.
10.    Parvoz davri — cheklanmagan, tarif qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Chiptani rasmiylashtirish — joriy jadvalning butun davri uchun ruxsat etiladi.
11.    Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi, bolalar chegirmasidan tashqari.
12.    CodeShare reyslarida (HY marketing operatori bo‘lgan), SPA tariflarida, Uzbekistan Helicopters va Silk Avia reyslarida, guruhli bronlarda qo‘llanilmaydi.
13.    Chegirma qo‘llaniladigan yo‘nalishlar boshqa yo‘nalishlar bilan birlashtirilsa — har bir yo‘nalish alohida chiptalarda rasmiylashtiriladi.
Chegirmani grafik rejimda qo‘llash tartibi (ADVANCED PRICING bo‘limida):
•    Global Discount: 15%
•    Tegishli katakchani belgilash
•    Ticket Designator ni kiritish:
o    Kattalar uchun — 15
o    Bolalar uchun — D

 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?