Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yo‘lovchilar va kutib oluvchilar diqqatiga

2022 12 Mart
30
Ulashing

«Uzbekistan Airways» AJ ma’lum qilishicha, Istanbul xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli qor, ko‘rishning yetarli darajada emasligi, uchish va qo‘nishga cheklovlar joriy etilgani) sharoiti tufayli, faqat 2022-yil 12-mart kungi HY273/HY274 Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reysini majburan bekor qiladi.  

Bekor qilingan parvoz yo‘lovchilari 13-mart kuni HY8273/8274 qo‘shimcha qatnovida quyidagi harakat jadvaliga muvofiq manzillariga yetkaziladilar*:

Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha HY8273 reysi
-  uchib ketish 09:40, yetib kelish 13:00
Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY8274 reysi 
-  uchib ketish 14:30, yetib kelish 21:00

*belgilangan vaqt dastlabki bo‘lib, kelish va jo‘nab ketish Istanbul shahrining a/p cheklovlarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin. 

Shuningdek, 2022-yil 12-mart kungi bekor qilingan HY273/HY274 parvoz yo‘lovchilari chiptaning to‘liq qiymatini sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki keyingi qatnovlarda har qanday sanadagi bo‘sh o‘rinlarga bepul ko‘chirish huquqiga egadirlar.

“Uzbekistan Airways” AJ yoʻlovchilarni jadvaldagi har qanday oʻzgarishlar haqida qoʻshimcha ravishda xabardor qiladi.

PDF-ni yuklab oling