Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yo‘lovchi va kutib oluvchilar diqqatiga

2022 13 Dekabr
33
Ulashing

2022-yil 13-dekabr kuni Namangan va Farg‘ona xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti tufayli (tuman, ko‘rish darajasining yomonligi) Uzbekistan Airways bir nechta reyslari majburiy kechiktiriladi:

HY-9810 Omsk – Namangan qatnovi majburiy ravishda Toshkent zaxira aeroportiga yuborildi.

Toshkent-Farg‘ona HY-081 reysi Farg‘ona aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli ko‘chirildi. Ushbu parvoz soat 06:50 o‘rniga soat 10:52 da o‘z manzili bo‘yicha jo‘nab ketdi.

Shu munosabat bilan, HY-9825/HY-9826 Namangan – Sochi – Namangan, HY-339/HY-340 Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona va HY-082 Farg‘ona – Toshkent reyslari kechikish bilan amalga oshirilishi ma’lum qilamiz.

Andijon xalqaro aeroportining noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish darajasining yomonligi) tufayli HY-091/HY-092 Toshkent – Andijon-Toshkent va HY-049/HY-050 Andijon – Samarqand – Andijon reyslari majburan bekor qilindi.  

Yo‘lovchilar bekor boʻlgan qatnov aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

 “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

PDF-ni yuklab oling