Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yo‘lovchi va kutib oluvchilar diqqatiga

2022 4 Dekabr
38
Ulashing

Bugun, 2022-yil 4-dekabr kuni Namangan xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli HY-093 Toshkent – Namangan reysi kechikib amalga oshirildi, shuningdek, HY-9801 Namangan – Perm qatnovi soat 09:20 o‘rniga 13:20 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi.

HY-9802 Perm – Namangan va HY-9805/HY-9806 Namangan – Samara – Namangan qatnovlari ham kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

PDF-ni yuklab oling