Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yo‘lovchi va kutib oluvchilar diqqatiga

2022 23 Avgust
623
Ulashing

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati 2022-yil 12-sentabrdan 20-sentabrgacha rejalashtirilgan HY041/042, HY043/044, Toshkent – Samarqand – Toshkent, HY275\276 Samarqand – Istanbul – Samarqand, HY605\606 Samarqand – Moskva – Samarqand, HY767\768 Samarqand – Olmaota – Samarqand, HY639\640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand, HY9606\9605 Moskva – Samarqand – Moskva yoʻnalishlari boʻyicha aviaqatnovlari Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablariga koʻra bekor qilinganini ma’lum qiladi.

Yo‘lovchilar bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz.

PDF-ni yuklab oling