O‘zbekiston Respublikasi aholisi uchun aviaparvozlar imkoniyatini oshirish maqsadida, Uzbekistan Airways ekonom-klass tariflar tizimini to‘liq yangiladi.
Endilikda 10 ta avvalgi tarif darajasi o‘rniga soddalashtirilgan 4 ta tarif tizimi joriy etildi. Maksimal tariflar pasaytirildi, bu esa quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
• tarif narxlarini tanlash tushunarliroqbo‘ladi
• minimal tariflar bo‘yicha joylar soni oshiriladi
• ko‘proq yo‘lovchilar arzon aviachiptalardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
*(to‘rtta tarifning har biri tanlash imkoniyati bilan: qaytariladigan aviachiptalar – bagaj bilan va qaytarilmaydigan aviachiptalar – bagajsiz)
Aviachipta narxining minimal darajasi o‘zgarishsiz qoldi, qulaylik, moslashuvchanlik va narx o‘rtasidagi balansni saqlash maqsadida tariflar orasidagi farq optimallashtirildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi aholisining mobilligini oshirish maqsadida tariflarning eng yuqori darajasi pasaytirildi.
Yangi tarif setkasi quyidagi yo‘nalishlarda amal qiladi:
• Toshkent – Samarqand: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Namangan: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Farg‘ona: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Qarshi: 278 000 so‘mdan
• Toshkent – Termiz: 424 000 so‘mdan
• Toshkent – Buxoro: 293 000 so‘mdan
• Toshkent – Urganch: 512 000 so‘mdan
• Toshkent – Nukus: 512 000 so‘mdan
• Buxoro – Urganch: 336 000 so‘mdan boshlanadi.
Mamlakatimizning barcha fuqarolari va mehmonlari uchun aviaparvozlarni yanada qulayroq va hamyonbop qilishga intilmoqdamiz.
Yangiliklarimizni kuzatib boring va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarni biz bilan rejalashtiring!