Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yangi yil shukuhiga ega 5 ta shahar

2021 27 Dekabr
19
Ulashing

Kundan-kunga yangi yil bayramiga oz fursat qolmoqda. Uzbekistan Airways jamoasi e’tiboringizga Yangi yilda borish mumkin bo‘lgan 5 ta shaharni taqdim etadi.

  • Nyu-York

Shahar ertakga aylanadi: bezatilgan archalar, qarag‘ay shoxlari, har qadamda yorqin chiroqlar. Minglab odamlar Yangi yil bayramini yarim tundan toʻrt soat oldin binoning yuqori qismidan yoritilgan kristalli toʻp tushadigan Times Square’da nishonlaydilar. U yarim tunda yerga tegadi. Shundan so‘ng bayram tomoshasi boshlanadi.

  • Laplandiya

Agar siz bolalar bilan sayohat qilsangiz, Santa Klausning tug‘ilgan joyi Laplandiyaga tashrif buyuring. Shaharda chang‘i kurortlari, Rauna arktik parki, it va bug‘u fermalari mavjud. Shuningdek, yaqin joyda Laynio qishlog‘i joylashgan bo‘lib, u yerda ulkan muz haykallarini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, dekabr oyida Laplandiyada siz eng ajoyib tabiat hodisalaridan biri – shimol yog‘dusini ko‘rishingiz mumkin. Tungi osmon sariq, qizil, yashil yorug‘likning turli naqshlari bilan qoplanadi.

  • Praga

Pragada Yangi yil kechasida har doim qor yog‘adi. An‘anaga ko‘ra, bayram kechasida aholi Staromest maydoniga yig‘ilib, u yerda kurantlarning bong urishi ostida yangi yilni kutib olishadi. Keyin esa ular Karl ko‘prigiga ezgu tilaklarini aytish uchun shoshilishadi, bu kelgusi yilda albatta amalga oshadi.

  • Kiyev

19-dekabrdan 19-yanvargacha Kiyevda Yangi yil va Rojdestvo bayramlari o‘tkaziladi. 31-dekabr kechasida Kiyevdagi Mustaqillik maydonida soat 20:00 dan mamlakatning asosiy shousi boshlanadi. Konsertlar, mushakbozliklar, tanlovlar ajoyib muhit yaratadi.

  • Amsterdam

Dekabr oyining boshidan yanvar oyining oxirigacha Amsterdamda Yorugʻlik festivali bo‘lib o‘tadi. Har oqshom shahar rang-barang yorug‘lik bilan yorishadi. Yangi yil kechasini qirollik saroyi oldidagi Muzey maydonida nishonlash odat tusiga kirgan. Ammo 1-yanvar kuni ertalab Shimoliy dengizda suzish uchun albatta Gaagaga borish kerak. Bu yangi yilda omad keltiradi deyishadi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling