Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Xususiy aviatsiya – oʻz vaqtini qadrlaydiganlar tanlovi

2021 22 Dekabr
481
Ulashing

22-dekabr kuni Oʻzbekistonda biznes-aviatsiyani yoʻlga qoʻyilgani munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan noyabr oyidan ekspluatatsiya qilinayotgan birinchi Pilatus PC-12 havo kemasining taqdimotini oʻtkazdi. Tadbirda kichik va oʻrta biznes vakillari, blogerlar va OAV vakillari ishtirok etdi.    

Taqdimot doirasida Pilatus PC-12 havo kemasining uchuvchisi Denis Evdasev yangi samolyot haqida bir nechta dalillarni – aviatransportning ekspluatatsiyasi kam harajatliligi va noyob uchish-qoʻnish xususiyatlariga ega boʻlib, ular qisqa va tayyor boʻlmagan uchish-qoʻnish yoʻllariga qoʻnish imkonini berishini aytib oʻtdi. Bu esa Pilatus PC-12 samolyotlariga Oʻzbekiston aeroportlarining 40% ga yaqin ana shunday UQY bilan jihozlangan, aksariyat qismiga parvoz qilish imkonini beradi. Aviakompaniya vakillari yaqin kelajakda Uzbekistan Airways Pilatus PC-24 sotib olish rejalashtirayotganini va shu bilan Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochishini ma’lum qildi. 

“Bugungi kunda, biznes aviatsiyasi – yoʻlovchilarga maksimal qulaylik yaratayotgan yoʻnalishlaridan biri boʻlib, biron-bir aviakompaniyaning marshrut tarmogʻiga kirmaydigan yoʻnalish boʻyicha aviatashuvni amalga oshirishi kerak boʻladi. Biroq, bunday parvozning asosiy afzalligi, shubhasiz, samolyotda cheklangan miqdordagi yoʻlovchilar, vaqt oraligʻi va yuqori qulaylik hisoblanadi. Aynan mana shunday maqsadlar uchun bizning aviakompaniyamiz biznes yoʻlovchilarga mutlaqo yangi xizmatdan foydalanishni – Pilatus PC-12 bortida biznes-parvozlarni tashkil etishni taklif qiladi” – deydi Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shuhrat Xudaykulov.

Shuningdek, uchrashuv davomida Airbus H-125 vertolyotlari namoyish etildi, Aviatransport yuqori baland togʻ va issiq iqlim sharoitlarida foydalanishga moslashtirilgan, yoʻlovchi va VIP-tashuv uchun qulay boʻlgan, ekskursiyalarni oʻtkazish, huquqni muhofaza qilish vazifalarini bajarish, yongʻinni oʻchirish, kuzatuv operatsiyalarini bajarish, shuningdek tibbiy transportirovkada foydalaniladi.  

Tadbir ishtirokchilari uchun PC-12 samolyoti, Airbus H-125 va Mi-8MTV vertolyotlari batafsil koʻzdan kechirish, shuningdek, yuqori uchish-texnik va uchish-qoʻnish xususiyatlarini aniq tasdiqlash maqsadida Toshkent shahri ustidan parvozlar tashkil etildi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling