Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Xanchjou: birgalikda sayohat qiling – kamroq to‘lang

2026 6 Mart
Ulashing

"Uzbekistan Airways" Toshkent – Xanchjou – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar uchun 4 kishidan 9 kishigacha bo‘lgan guruhlarga mo‘ljallangan maxsus A4PAX tarifini ishga tushirmoqda!

 

Toshkentdan Xanchjouga va qaytish yo‘nalishlarida maxsus A4PAXOW/-RT tarifini quyidagi shartlar asosida rasmiylashtirish mumkin:

  • Sotuv davri: 2026-yilning 9-martidan 15-martigacha;
  • Parvoz davri: 2026-yilning 1-aprelidan 30-apreligacha;
  • Ushbu tarif bo‘yicha sotuvlar faqatgina "Uzbekistan Airways" AJning o‘z muntazam reyslari uchun aviakompaniya saytida (UZS/USD/RUB), O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan Airways Sales" filiali va uning agentlari orqali), shuningdek, xorijda faqat o‘zining sotuvlar tarmog‘i uchun (HY bilan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik shartnomalari asosida ishlaydigan agentlar, 25021…) ochiladi. BSP, ARC, TKP agentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
  • Bitta band qilishda (bronlashda) yo‘lovchilarning eng kam soni – 4 kishi;
  • Bitta band qilishda yo‘lovchilarning eng ko‘p soni – 9 kishi;

 

Agar band qilishda yo‘lovchilar soni 4 kishidan kam bo‘lsa, agentga band qilish qoidalarini buzganligi bo‘yicha tegishli e’tiroz bildiriladi, shuningdek, A4PAX- tariflari darajasi va L band qilish sinfidagi qaytarilmaydigan tariflar o‘rtasidagi farq hamda YQ yig‘imidagi farq undiriladi.

  • Ushbu tarif bo‘yicha chiptani qayta band qilish/qayta rasmiylashtirish va qaytarish taqiqlanadi (16-toifaga qarang);
  • Toshkentdan uchish qismida bepul yuk tashish me’yori – 1PC (x32 kg), Xanchjoudan uchishda esa – 2 PC (x32 kg);
  • Boshqa turdagi tariflar bilan birgalikda qo‘llashga (kombinatsiya qilishga) ruxsat etilmaydi.
PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?