Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways’ning yangi yo‘nalishlari: keyingi sayohatni qayerga rejalashtirish mumkin?

2023 22 Fevral
373
Ulashing

Uzbekistan Airways uchun 2023-yil yo‘nalishlar tarmog‘ining kengayishidan boshlandi. Endi qiziqarli sarguzashtlarni izlayotganlar yoki dam olish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun Pekin, Parij, Milan va boshqa shaharlarni tanlash uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar mavjud. Ushbu tanlovda biz sizga yangi yo‘nalishlar haqida so‘zlab berib, keyingi sayohatingiz uchun shaharlarni tanlashingizda yordam beramiz.

1. Pekin

Pekin - noyob me‘morchilik, ekzotik taomlar, choy marosimlari va qiziqarli madaniyat shahri. Bu yerga sayohat qilganingizda, qadimiy ibodatxonalar bilan tanishishni unutmang va Buyuk Xitoy devoriga sayohat qilish uchun vaqt ajrating.

10-yanvar kuni Uzbekistan Airways parvozlar xaritasida yangi shahar – Pekin paydo bo‘ldi. U yerga aviakompaniya muntazam aviaqatnovlarni amalga oshira boshladi. Endi siz, albatta, sayohat xaritangizda Pekinni belgilashingiz va Uzbekistan Airways bilan sayohatga tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

2. Milan

Yevropaga tashrif buyurish nafaqat ilk marta sayohat qilayotganlarning, balki malakali sayohatchilarning ham orzusi. Ushbu tilakni ro‘yobga chiqarishni rejalashtirayotganlar uchun biz Yevropaning go‘zal Milan shahrini kashf qilishni maslahat beramiz. Moda sanoatining poytaxti shubhasiz faqat quvonchli xotiralarni qoldiradi.

29-martdan boshlab Uzbekistan Airways haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari Toshkent-Milan-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

3. Parij

Yevropaning har bir inson tashrif buyurishi kerak bo‘lgan nuqtasi bu orzular va romantika shahri Parijdir. Bu shahar o‘zining ta’sirchan arxitekturasi va o‘ziga xos madaniyati bilan butun dunyodan mehmonlarni o‘ziga jalb qiladi. Eiffel minorasi hamda Luvrga tashrif buyurish, Sena daryosi bo‘ylab sayr qilish yoki fransuz oshxonasidan bahramand bo‘lish kabi yana ko‘plab sabablar kundalik tashvishlardan chalg‘ib Parijni kashf qilish uchun yetarli hisoblanadi.

Parijga sayohat qilmoqchi boʻlganlar uchun Uzbekistan Airways 31-martdan boshlab Toshkentdan Parijga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻymoqda. Endi aviakompaniya yoʻlovchilari Milandan tashqari haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari dunyodagi eng romantik shaharlardan biriga tashrif buyurishlari ham mumkin.

4. Nijniy Novgorod

Nijniy Novgorod qadimgi rus tarixi bilan tanishishni istaganlar uchun ajoyib joy. Ushbu shahar ajoyib tabiati, hikoyalar va afsonalarga boy xilma-xil diqqatga sazovor joylari bilan nom qozongan.  

Uzbekistan Airways 28-martdan boshlab Toshkent – Nijniy Novgorod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta – seshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Uzbekistan Airways bilan sayohatingizni o‘zingizga mos keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tanlab, rejalashtiring. Aviachiptalarni onlayn tarzda aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy sayti yoki “UzAirways” mobil ilovasida xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling