Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways'ning Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbiri

2023 31 Avgust
456
Ulashing

    Uzbekistan Airways'da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda aviakompaniya rahbariyati, xodimlari, faxriylar, shuningdek, yoshlar ishtirok etdi.

"Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Shuhrat Xudayqulov mustaqillik yillarida, xususan, aviatsiya sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni ta’kidlab o'tdi. Mustaqillik yillarida savdo-iqtisodiy soha, madaniyat va turizm sohalari o‘ziga xos rivojlanish bosqichini oldi, bu esa, shubhasiz, aviakompaniya uchun katta plyus bo‘ldi.  So‘nggi bir necha yil ichida aviapark 10 dan ortiq zamonaviy samolyotlar bilan to‘ldirildi, aviakompaniya uchuvchilarni tayyorlashni boshladi va havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirdi.

“Mustaqillik biz uchun, butun oʻzbeklar uchun eng ulugʻ, eng qimmat bayramdir, zero, har bir inson mustaqillik, tinchlik va barqarorlik qimmatini anglashi kerak.  Bugun 32 yillik yubileyimizni nishonlayapmiz, yangi samolyotlarni kutib olyapmiz, mustaqillikka she’r va qo‘shiqlar bag‘ishlayapmiz.  Qolaversa, istiqlol bilan tengdosh yosh avlodimiz allaqachon salmoqli marralarni zabt etib, faqat olg‘a, yorug‘ va porloq kelajak sari intilishlariga ishonaman. Uzbekistan Airways mustaqil O‘zbekistonning yetakchi milliy aviatashuvchisi ekanligini jahon miqyosida namoyish etib, yanada yuqori natijalarga intiladi!”, – dedi Shuhrat Xudayqulov.

O‘zining tashabbuskorligi va maqsadliligi bilan ajralib turgan aviakompaniya xodimlarini taqdirlash tadbirning ajralmas qismi bo‘ldi.  Ular, o‘z navbatida, hukumat va aviakompaniya tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.  Tadbir davomida Mustaqillik bayrami munosabati bilan aviakompaniya xodimlariga faxriy yorliqlar ham topshirildi.