Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airwaysdan bayramona aksiya: aviachiptalarga 15% gacha chegirma!

2026 30 Sentabr
Ulashing

Bayramga bag‘ishlangan maxsus taklifni e’lon qilishdan mamnunmiz! Faqat bir kun, 2026-yil 1-oktabrda parvozlar uchun 15% gacha chegirma hadya etamiz.

Sizga qulay bo‘lishi uchun biz aksiya qoidalari va shartlarini tuzib chiqdik. Xarid qilishdan oldin ular bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz:

Asosiy shartlar:

  • Aksiyani o‘tkazish (xarid qilish) davri: faqatgina 2026-yil 1-oktabr.
  • Parvozlar davri: cheklanmagan! Chiptalarni rasmiylashtirish e’lon qilingan jadvalning butun qamrovi bo‘yicha ruxsat etiladi (tashishning amal qilish muddati tanlangan tarif qoidalari bilan belgilanadi).
  • Yo‘nalishlar: aviakompaniya operator bo‘lgan barcha muntazam, shu jumladan, respublika ichidagi va past byudjetli aviaqatnovlar.

Chegirma kimlar uchun amal qiladi:

  • Kattalar uchun: tarifdan 15% gacha.
  • Bolalar (2 yoshdan 12 yoshgacha) va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (alohida o‘rindiq bilan) uchun: belgilangan bolalar chegirmasiga qo‘shimcha ravishda e’lon qilingan tarifdan 15% gacha.
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (joy taqdim etilmagan holda): ushbu chegirma qo‘llanilmaydi.
  • Muhim: Bayram chegirmasini boshqalari bilan qo‘shish taqiqlanadi (bolalar chegirmasidan tashqari). Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari, shuningdek, o‘z aviaqatnovlaridagi tutashuv tariflari uchun taqdim etiladi. 

Aksiya bo‘yicha aviachiptani qayerda rasmiylashtirish mumkin:

  • Aviakompaniyaning rasmiy saytida (chegirma avtomatik ravishda qo‘llaniladi).
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida: “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlarida (belgilangan CH25% ga qo‘shimcha ravishda 15% gacha chegirma qo‘llanilgan holda qo‘lda rasmiylashtiriladi).
  • Xorijda: faqatgina xususiy savdo tarmog‘ida (HY bilan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik kelishuvlari asosida ishlaydigan agentlarda).
  • Hamkorlar uchun eslatma: Aksiya BSP agentlariga taalluqli emas. Aksiya chiptalari bo‘yicha komission mukofot belgilangan tartibda ko‘zda tutilgan.

Qaytarish, qayta bron qilish va qayta rasmiylashtirish qoidalari: 

  • Qaytarish, qayta bron qilish yoki qayta rasmiylashtirishda chegirma ushbu operatsiyalar uchun olinadigan yig‘imlarga, shuningdek, NO-SHOW uchun jarimalarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun yig‘imlar belgilangan tartibda olinadi (25% gacha chegirma bilan).
  • Qisman foydalanilgan chipta uchun qaytarish summasini hisoblashda: summadan foydalanilgan qismdagi tarif bayram chegirmasini hisobga olmagan holda ayirib tashlanadi.
  • Butunlay foydalanilmagan uchastka chiptasini qayta rasmiylashtirish/qayta bron qilishda: to‘liq tarif darajasigacha qo‘shimcha to‘lov talab etiladi (chegirmalarni qo‘llamagan holda).
    • Istisnolar: to‘plangan ballar evaziga xizmat ko‘rsatish klassini Z klassigacha oshirish, shuningdek, Change Name Policy (ism, familiya va pasport ma’lumotlarini o‘zgartirish) doirasida chiptalarni qayta rasmiylashtirish.
  • Qisman foydalanilgan aksiya chiptasini qayta rasmiylashtirish/qayta bron qilishda: qayta hisob-kitob chipta rasmiylashtirilgan sanaga (ya’ni chegirma saqlanib qolgan holda) amalga oshiriladi.
  • Agar 2026-yil 1-oktabrda avval (aksiya boshlangunga qadar) xarid qilingan chiptani qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilishga qaror qilsangiz, unga bayram chegirmasi qo‘llanilmaydi.

Istisnolar (chegirma nimalarga qo‘llanilmaydi):

  • Birgalikda foydalaniladigan (CodeShare) qatnovlar va tijorat kelishuvlari (SPA) doirasidagi tariflarga.
  • Uzbekistan Helicopters / Silkavia qatnovlariga.
  • Joylar blokini taqdim etish bo‘yicha shartnomalar doirasida rasmiylashtiriladigan aviachiptalarga, shuningdek, guruh bo‘yicha bronlarga.

Sayohatlaringizni Uzbekistan Airways bilan birgalikda foydali rejalashtiring!

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?