Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways’dan Bakuga yanada arzonroq aviachiptalar

2022 28 Dekabr
54
Ulashing

Uzbekistan Airways Toshkent – Baku – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxlari arzonlashganini ma’lum qiladi. Bugungi kunda Uzbekistan Airways Toshkent – Baku – Toshkent yo‘nalishida haftaning seshanba va payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. Toshkent – Baku yo‘nalishida aviachiptalar narxi 1 891 764 so‘mdan, Toshkent – Baku – Toshkent yo‘nalishida esa 3 698 287 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan www.uzairways.com 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Aviachiptalarning narxlari 2022-yilning 28-dekabr holatiga ko‘ra amal qiladi.

 

PDF-ni yuklab oling