Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways yoshlarga o‘z faoliyatida ilk qadamni qilishda yordam beradi

2022 30 Mart
140
Ulashing

Uzbekistan Airways 30-mart kuni Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti talabalari uchun joriy yilning ilk ochiq eshiklar kunini o‘tkazdi. Aviakompaniya kadrlar bo‘limi, moliya, strategiya, marketing va sotuv ishlari kabi yo‘nalishlarda o‘z kasbining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab berdilar.

Talabalar aviakompaniyaning bosh ofisi va I. Karimov nomidagi xalqaro aeroportiga tashrif buyurishdi, shuningdek, Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchi havo kemasida bo‘lib, u yerda aviamuhandis uchishdan oldin samolyotni tayyorlash jarayoni haqida gapirib berdi.

Uzbekistan Airways birinchi ish qidirish vaqtida muammolarga duch keladigan yoshlar uchun maxsus amaliy ish dasturini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Yangi tashabbus bitiruvchilarga o‘z kasb yo‘lida ilk qadam qo‘yish va kelajakda muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashga yordam beradi.

 

PDF-ni yuklab oling