Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways yoshlar uchun ekskursiya tashkil etdi

2022 10 Avgust
154
Ulashing

Mamlakatimizda Oʻzbekiston kelajagi boʻlmish yoshlarga har tomonlama e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarni kelajakka maqsad bilan intilishi uchun ularga motivatsiya berish qaysi soha vakili boʻlishiga yaxshi va xolis yordam beradi. Shu maqsadda «Uzbekistan Airways» AJ yoshlarni aviatsiya sohasi bilan tanishtirish uchun ekskursiya tashkillashtirdi.

  Joriy yilning 8-avgust kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ekskursiya tashkil qildi. Ularga aviakompaniyaning transformatsiya jarayoni, undagi soʻnggi oʻzgarishlar, rejalashtirilayotgan yangi loyihalar haqida haqida ma’lumot berildi. Yoshlar Boeing 787 Dreamliner havo kemasi bilan tanishdi. Shuningdek, «orzu kemasi»  sahnida uchuvchi Akmal Hakimjonov va bortkuzatuvchi Farangiz Ismonova kelgan yosh mehmonlarga oʻzlarining kasbi, ish jarayoni, bu sohaga qanday kirib kelganligi haqida soʻzlab berishdi. Bundan tashqari, tashrif buyurganlar havo kemasi sahnida uchuvchining kabinasiga kirib kema komandiri boʻlish qanday ekanligini his qilib koʻrishdi.

PDF-ni yuklab oling