Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “Yorqin payshanba” aksiyasini davom ettiradi

2023 17 May
1749
Ulashing

     Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida chegirmalar taqdim etib, yo‘lovchilarni xursand qilishda davom etadi!

2023-yilning 18-may kuni “Yorqin payshanba” aksiyasini davom ettirish doirasida Uzbekistan Airways quyidagi yo‘nalishlarning aviachiptalari tarifiga 20% chegirma taqdim etadi:

  • Toshkent – ​​Tel-Aviv – Toshkent
  • Toshkent – Tbilisi –Toshkent   
  • Toshkent – ​​Batumi – Toshkent
  • Toshkent – ​​Olmaota – Toshkent

Uzbekistan Airways “Yorqin payshanba” aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2023-yil 18-may soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Yo‘nalishlar: Toshkentga/dan Olmaota, ​​Batumi, Tbilisi, Tel-Aviv va orqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun;
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 15%;
  • Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
  2. Chegirma bilan chiqarilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda to‘liq tarif darajasiga qo‘shilishi kerak. To‘plangan ballar uchun xizmat ko‘rsatish klassini to‘langan tarif hisoblangan B va Y dan Z ga ko‘tarish istisno hisoblanadi;
  3. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 18.05.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  4. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  5. Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida (UZS/USD/RUB), O‘zbekiston Respublikasi hududida (“Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlarida), shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda xarid qilish mumkin (250210 ...). BSP agentlari bundan mustasno. Saytdagi xarid qilish jarayoni avtomatik ravishda, agentlar tomonidan esa jonli tarzda, kattalar va o'rindiqlarni egallaydigan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 15% chegirma bilan (belgilangan CH25% chegirmadan tashqari) amalga oshiriladi;
  6. Yuqoridagi chegirma bilan aviachiptalar uchun komissiya belgilangan tartibda taqdim etiladi;
  7. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  8. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi, bolalarnikidan tashqari (WEB03 chegirmasi qo‘llanilmaydi);
  9. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentga/dan Olmaota, ​​Batumi, Tbilisi, Tel-Aviv va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar uchun taqdim etiladi. Chegirma Codeshare reyslarida va tijorat shartnomalari bo‘yicha e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi.

“Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Ushbu nashr faqat 2023-yilning 17-may kuni uchun amal qiladi.

PDF-ni yuklab oling