Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi

2023 8 Mart
108
Ulashing

Ayol borki olam munavvar va go‘zaldir. Ularni asrab avaylash esa ertangi kun uchun tashlangan eng to‘g‘ri qadam hisoblanadi.

 Ayollarning har bir yerda: korxona, kompaniyalar, siyosatda, san’at sohasida va boshqa ko‘p joylarda o‘z o‘rni mavjud. Shu bilan birga bizning bortkuzatuvchi opa-singillarimiz, aviakompaniyaning rivojida o‘z xissasini qo‘shayotgan aviadispetcher, operator, hisobchi ayollarimiz ham shular jumlasidandir.

Ayni vaqtda “Uzbekistan Airways” AJda 2058 nafar o‘z ishining ustasi bo‘lgan mahoratli, dilbar ayollar ishlaydi va ularning har biri betakror. Havo kemalarining havoga ko‘tarilishidan tortib, yerga qo‘nishigacha bo‘lgan jarayonda ham ayollarning o‘z xizmati mavjud.

Hurmatli ayollar, Uzbekistan Airways sizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi va ko‘proq sayohat qilishni tilaydi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 

PDF-ni yuklab oling