Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Visit Dubai bilan hamkorlikda tanlov o`tkazmoqda

2022 6 Oktabr
35
Ulashing

Bir necha yillardan beri Uzbekistan Airways aviakompaniyasi dunyoning ko`plab shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda. Shulardan biri Dubay shahridir. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Dubay shahriga haftada 6 marta – dushanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Dubay shahrini O`zbekiston fuqarolari orasida yo`nalish sifatida ommalashtirish uchun tanlov o`tkazilmoqda. Ushbu tanlov joriy yilning 17 va 20-oktabr kunlari “Uzbekistan Airways” AJ Visit Dubai bilan hamkorlikda bo`lib o`tadi.

Ushbu tanlovda qatnashish shartlari:

  1. Ijtimoiy tarmoqlarda aviakompaniya sahifalariga obuna bo`lish (Facebook, Instagram, Telegram, YouTube);
  2. Tanlov haqidagi post kommentariyasiga Dubayga birga uchmoqchi bo`lgan do`stni belgilash;
  3. Tanlov haqidagi postni storiesda Uzbekistan Airwaysni belgilagan holda ulashish.

Tanlovda 3 nafar ishtirokchi g’olib bo`ladi va ularning har biriga ikki kishilik Toshkent – Dubay – Toshkent yo`nalishida borish va qaytish aviachiptalari hamda bepul vaucherlar taqdim etiladi. G`oliblar joriy yilning 20-oktabr kuni Uzbekistan Airways`ning Instagram sahifasida jonli efiri orqali e’lon qilinadi. Qolaversa, tanlovda yutib chiqqan yo`lovchilar "The View" tomosha maydoniga kirish uchun bepul chiptalar taqdim etiladi.

Eslatma: tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ochiq, shaxsiy va faol bo`lishi kerak (brend akkauntlar, internet do`konlar, guruhlar va shaxsiy rasmlarsiz tanlovda ishtirok etish mumkin emas). Ushbu tanlovda faqat O`zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

 

PDF-ni yuklab oling