Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways va Airbus: hamkorlikning yangi bosqichi

2023 26 Yanvar
81
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ tarkibiy bo‘linmasi “Uzbekistan Helicopters” MChJ rahbariyati 2023-yil 24-26 yanvar kunlari Fransiya va Germaniyada tashrif bilan bo‘lib turibdi. Ushbu tashrif ikki tomon oʻrtasida yangi Airbus H145 vertolyotlarini yetkazib berish boʻyicha keyingi hamkorlikni ta’minlaydi. Aviaparkni yangi modifikatsiyadagi zamonaviy vertolyotlar bilan to‘ldirilishi ichki turizmni rivojlantirishga, O‘zbekistonning yetib borish qiyin bo‘lgan joylarini ommalashtirishga xizmat qiladi.

2022-yilning noyabrida Fransiyaga bo‘lgan yuqori darajadagi tashrif doirasida Uzbekistan Airways va Airbus o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolandi. Airbus oilasiga tegishli yangi havo kemalarini sotib olish bo‘yicha erishilgan kelishuv doirasida Airbus SAS bilan “Uzbekistan Helicopters” MChJ uchun oʻrta muddatli istiqbolda ikkita H145 vertolyotlarini yetkazib berish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.  

Tashrif davomida kompaniyalar o‘rtasida muzokaralar, H145 vertolyotining texnik xususiyatlari taqdimoti hamda uning sinov parvozlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

PDF-ni yuklab oling