Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Uzbekistan’s club loyihasi rasmiy hamkori

2023 1 May
183
Ulashing

Uzbekistan Airways va Uzbekistan’s club shunchaki ijtimoiy loyihani amalga oshiribgina qolmay, balki O‘zbekiston chegaralaridan ancha olisda ham mamlakatimiz imijini namoyish etib, yurtdoshlarimiz, ularning erishgan yutuqlari, g‘alabalari va bosib o‘tgan yo‘llari haqida butun dunyoga so‘zlab beradi.

Uzbekistan Airways Uzbekistan’s club jamoasini bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash tashabbusi bilan chiqdi: Kannda O‘zbekiston milliy pavilionining ochilishi, Berlindagi “O‘zbekistonlik”, Parijdagi “O‘zbekistonlik. Generating Ideas” forumlari, shuningdek, muhokamalarga sabab bo’lgan “O‘zbekistonlik” filmining uchta epizodi shular jumlasidandir.

Aviakompaniya Uzbekistan’s club jamoasi, media rezidentlarining oson va qulay harakatlanishiga hissa qo‘shdi, shuningdek, Germaniya va Fransiyaga O‘zbekistonning bir bo’lagini yetkazib, xorijdagi har bir tadbirni milliy kolorit bilan boyitdi.

PDF-ni yuklab oling