Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways uchuvchilarni ishga qabul qiladi

2023 1 Iyun
2468
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi L-410 samolyotiga havo kemasi komandiri va ikkinchi uchuvchilarni ishga qabul qilishini e’lon qilinadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  1. L-410 havo kemasi uchun ruxsatnoma;
  2. FA uchuvchisining amaldagi guvohnomasi (АTPL);
  3. Amaldagi tibbiy guvohnoma (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
  4. 6 oydan koʻp bo‘lmagan muddatda parvoz ishidagi tanaffus;
  5. L-410 havo kemasida parvoz vaqti – kema sardori uchun kamida 1000 soat, ikkinchi uchuvchilar uchun – kamida 500 soat;
  6. Fuqaro aviatsiyasi organidan uchuvchilik sertifikatning qonuniyligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Hujjatlar quyidagi elektron pochtaga yuborilsin: fd.commission@uzairways.com

Hujjatlarni qabul qilish 15.06.2023yilgacha amalga oshiriladi.

Saralashning rejalashtirilgan sanasi 19-22.06.2023, Toshkent shahrida.

Tanlov bosqichlari:

  1. Suhbat;
  2. Trenajyor sinov.

Shartnoma tuzish muddati – 12 oy, keyinchalik uzaytirish bilan.

Tanlov ishtirokchilari tanlov o‘tkaziladigan joyga va ortga qaytish uchun “Uzbekistan airways” AJ reyslariga aviachiptalar taqdim etiladi;

HKK uchun oylik maosh 3000 AQSH dollaridan, ikkinchi uchuvchi uchun esa 1500 AQSH dollaridan boshlanadi;

Mehnat ta’tili 45 ish kunigacha;

Uchuvchi va oilasi uchun yilda bir marta chegirmali aviachiptalar beriladi.

Eslatma: To‘ldirishingiz va yuborishingiz kerak bo‘lgan ariza ilova qilingan.

PDF-ni yuklab oling