Uzbekistan Airways Malayziyaning turizm salohiyatini Markaziy Osiyoda targ‘ib qilish maqsadida Tourism Malaysia tomonidan tashkil etilgan bir qator tadbirlarda ishtirok etmoqda. Turizm sohasi vakillari bilan seminar va B2B uchrashuvlar 11-iyun kuni Toshkentda boshlanib, 13-iyun, juma kuni Samarqandda davom etadi.



2024-yilda O‘zbekistondan Malayziyaga 20 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurgani ushbu yo‘nalishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Uzbekistan Airways Toshkentdan Kuala-Lumpurga haftasiga ikki marta: chorshanba va yakshanba kunlari borish va keying kuni qaytish aviaqatnovlarini amalga oshirish orqali mamlakatlar o‘rtasida turizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Uzbekistan Airways mazkur tadbirning rasmiy hamkori va aviatashuvchisi hisoblanadi.


