Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urumchiga aviaqatnovlarni tiklamoqda

2023 26 May
327
Ulashing

Uzbekistan Airways shu yilning 30-iyunidan boshlab Toshkent – ​​Urumchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Muntazam parvozlar har hafta, juma va shanba kunlari (keying kunga o‘tuvchi reys bilan) quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkentdan jo‘nash: 17:15 (Toshkent vaqti bilan)

Urumchiga yetib kelish: 22:40 (Urumchi vaqti bilan)

Urumchidan jo'nash: shanba kuni soat 00:10 (Urumchi vaqti bilan)

Toshkentga yetib kelish: shanba kuni soat 00:05 (Toshkent vaqti bilan)

Toshkent – ​​Urumchi yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 2 738 000 so‘mdan, Toshkent – ​​Urumchi – Toshkent yo‘nalishida esa 4 867 000 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling