Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent ilk aviaqatnovini amalga oshirdi

2022 2 Noyabr
126
Ulashing

Bugun, 2022-yil 1-noyabr kuni Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airways ilk parvozni amalga oshirdi. Ikki yildan beri kutilgan, 7 soatdan ko‘proq davom etgan qatnovda 175 yo‘lovchi Kuala-Lumpur xalqaro aeroportiga Farhod Latipov kema sardori bo‘lgan A321Neo havo kemasida yetkazildi. Havo kemasi an’anaga ko‘ra suv arkasi bilan kutib olindi.  

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida Toshkent – Kuala-Lumpur ilk qatnovini tantanali kutib olish tadbiri tashkil etildi. Unda mahalliy aeroport hamda aviakompaniya vakillari, turoperatorlar, OAV va yo‘lovchilar ishtirok etishdi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Malayziyaga qatnovni qayta tiklagani, shu bilan birga ikki mamlakat fuqarolari endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlarda yetib olishlari, yo‘lovchilarga yaratib berilgan katta imkoniyatligi ta’kidlandi. Bu esa O‘zbekiston va Malayziya turizm sohasini rivojlanishi va o‘sishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.  

Malayziga qatnovlar tiklanishi shu yilning Toshkentda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qilingandi. Malayziya delegatsiyasi – turoperatorlar, mehmonxona egalari, turizm sohasida ishlaydigan davlat xizmatchilari va tibbiy turizm sohasi vakillari ishtirokida qatnovlar tiklanishi joriy yilning kuz oyidan rejalashtirilgani aytib o‘tilgan edi.  

  • Mamlakatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar tiklanishi – bu katta imkoniyat. Pandemiya chekingani sari ko‘plab shaharlarga parvozlar qaytadan yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu yilning o‘zida bir qator Yevropa va bugun esa yana bir Osiyo yo‘nalishi qayta tiklandi. Aviakompaniyaning rejalarida kuz-qish mavsumida yana bir qator qatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan, – Ilhom Mahkamov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi.

 Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasidagi aloqalar mustaqillikni ilk yillaridanoq yo‘lga qo‘yilgan. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Kuala-Lumpurga parvozlarni 1992-yildan amalga oshira boshlagan. Yillar davomida qatnovlar ikki mamlakat o‘rtasida iqtisod, ta’lim, tibbiyot, texnologiya, turizm va ko‘plab sohalarda rivojlanish hamda tajriba almashishga xizmat qilib kelmoqda. Mazkur muntazam qatnov mamlakatlararo turizm oqimini ko‘paytirish va ayniqsa malayziyalik sayyohlarga yurtimizdagi ziyoratgoh joylarga tashrif buyurish uchun imkon yaratadi.

2022-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent – Kuala-Lumpur seshanba va juma kunlari, Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishida esa aviaqatnovlar chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

 

PDF-ni yuklab oling