Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Technics’da Nesterov Aviation kompaniyasi taqdimoti oʻtkazildi

2021 23 Oktabr
197
Ulashing

2021-yil 21-oktabr kuni Uzbekistan Airways Technics hududida Nesterov Aviation kompaniyasi BySky aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasida mintaqaviy, xizmat koʻrsatish va sanitariya aviatsiyasini rivojlantirish uchun Shveytsariya superuniversal reaktiv Pilatus PC-24 samolyoti va turbovintli PC-12 NG imkoniyatlarini taqdimotini oʻtkazdi.

Tadbirda «Uzbekistan Airways» AJ Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Umid Xusanov, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev, Fuqaro aviatsiyasi agentligi vakillari, shuningdek, «Uzbekistan Airways» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ va mamlakatimizning turli kompaniya va tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev soʻzga chiqdi:

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan aviatsiya sohasida qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Biz Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi operatorlarni tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlaymiz. Bu mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish imkonini beradi. Nesterov Aviation kompaniyasi bunday tashabbusni – samolyotlarning taqdimotini oʻtkazganidan xursandmiz. Bu yangi operatorlar, tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Taqdimot davomida samolyotlar ekspluatatsiyasi kam harajatliligi va noyob uchish-qoʻnish xususiyatlariga ega boʻlib, ular qisqa va tayyor boʻlmagan uchish-qo'nish yoʻllariga qoʻnish imkonini berishi ta’kidlandi. Bu esa Pilatus samolyotlariga Oʻzbekiston aeroportlarining 40% yaqin ana shunday UQY bilan jihozlangan, aksariyat qismiga parvoz qilish imkonini beradi.

Tadbir ishtirokchilari uchun PC-24 va PC-12 NG samolyotlarini batafsil koʻzdan kechirish, shuningdek, yuqori uchish-texnik va uchish-qoʻnish xususiyatlarini aniq tasdiqlash maqsadida parvozlar tashkil etildi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling