Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Technics xalqaro MRO Middle East 2023 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2023 2 Mart
186
Ulashing

Dubayda (Birlashgan Arab Amirliklari) Xalqaro MRO Middle East 2023 ko‘rgazma-konferensiyasi boshlandi.

MRO Middle East – xalqaro Yaqin Sharq ko‘rgazma-konferensiyasi hisoblanib, aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida tashkil qilingan bo‘lib  Aviation Week hamda Aircraft Interiors Middle East hamkorlikda mazkur ko‘rgazma tashkilotchilari hisoblanadi.

“Uzbekistan Airways Technics” MChJ ushbu tadbirda Aviation Week ko‘rgazmasi tashkilotchilarining taklifiga binoan ketma-ket ikkinchi yil ishtirok etmoqda. “UAT” MChJ yetakchi mutaxassislari direktor Artur Gukasyan boshchiligida ko‘rgazmaga tashrif buyurishdi va o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar majmuasini taqdim etdi.

1-2 mart kunlari konferensiya ishtirokchilari bozor tendensiyalari va istiqbollari; biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish strategiyasi va taktikasi; kadrlar siyosati; transport xavfsizligini ta’minlash; yangi texnologiyalar va aviatsiya uskunalari (samolyotlar, dvigatellar, aviayoqilg‘i) va Yaqin Sharq MRO bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa ko‘plab sohalarni muhokama qiladilar.

Ushbu tadbir har doim keng miqyosda o’tkaziladi, unda 4000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashadi. Ko‘rgazmada 150ga yaqin stendlar namoyish etiladi. “UAT” MChJ ham havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘z imkoniyatlarini taqdim etadi. MRO Middle East 2023 ko‘rgazmasida Yevropa va AQShda zavodlari mavjud Airbus va Boeing kabi aviatsiya sanoatining global brendlari ishtirok etadi.

Ko‘rgazmalar va konferensiyalar korxona imijini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marketing hayotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. “UAT” MChJ doimiy va uzluksiz rivojlanmoqda, shu sabab korxona uchun maqsadli auditoriya bilan muloqot olib borish juda muhim. Ko‘rgazmalar esa bu muloqot va yangi imkoniyatlar izlashning eng maqbul usulidir.

Ta’kidlash joizki rahbariyat boshchiligidagi yetakchi mutaxassislarimiz ilg‘or tajriba almashish, dolzarb masalalar yechimini topish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, hamfikrlarni topish, muhim bitim va shartnomalar tuzish maqsadida ushbu tadbirlarda qatnashib borishadi. Xalqaro ko‘rgazmalarda doimiy ishtirok etish avia korxonaga potentsial mijozni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish, shu orqali xalqaro bozorda mijozlar bazasini kengaytirish imkonini beradi.

PDF-ni yuklab oling