Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Sharm el-Shayx – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilganini ma’lum qiladi. Hozirda Misrdagi kurort shahriga qatnovlar haftada 1 marta – shanba kunlari amalga oshirilayotgan edi. Uzbekistan Airways joriy yilning 23-noyabrdan ushbu xalqaro yoʻnalishda chorshanba kunlari qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Toshkent – Sharm-el-Shayx yo‘nalishidagi chiptalar narxi 2 396 845 so‘mdan, Toshkent – Sharm-el-Shayx – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 4 412 808 so‘mdan boshlanadi.
Narxlar 24.10.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.
App Store va Google Play’da «UzAirways» ilovasini yuklab oling va aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlarni ham yanada qulayroq xarid qiling.
Barcha yangiliklar