Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways samolyot bortida Halol taomlar! 

2021 2 Iyul
1678
Ulashing

“Ketring” MCHJ tashkiloti yoʻlovchilar, ekipaj aʻzolari va havo kemalarining texnik xodimlari uchun Islomiy qonunlarga muvofiq oziq-ovqat yetkazib berishni tasdiqlaydigan GSO 2055-1:2016, HAS 23000 &23021, MS 1500:2009 standartlari sertifikatini qoʻlga kiritdi.     
 
“Ketring” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Uzbekistan Airways” AJning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, havo kemasi bortida taom tayyorlash uchun zamonaviy ixtisoslashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan. Tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va me'yorlari talablariga javob beradigan, IATA standartiga mos keladigan: vegetarian, hind, musulmonlar taomi, bolalar ovqatlari, mevali oziq-ovqatlar, kosher ovqatlari, tarkibida glyuten (kleykovina) boʻlmagan maxsus oziq-ovqat turlarini taqdim etmoqda. 
 
Bugungi kunda Uzbekistan Airways havo kemasi bortida parvozlarning davomiyligiga qarab yoʻlovchilarga nonushta, tushlik, kechki ovqat yoki salqin ichimliklar taklif etiladi. 2 soatgacha boʻlgan parvozlarda yoʻlovchilarga shisha idishda suv, 2 soatdan ortiq davom etadigan parvozlarda esa issiq taomni oʻz ichiga olgan oziq-ovqat taklif etiladi. Toshkent-Nyu-York-Toshkent yoʻnalishidagi parvozlarda ikki marta issiq ovqat taqdim etiladi.  
 
“Uzbekistan Airways” AJ yoʻlovchilariga parvozdan 48 soat avval “Maxsus taom buyurtma qilish” qoʻshimcha xizmatini taqdim etadi. Ushbu xizmatdan aviachipta sotib olayotganda yoki Aloqa markazining +998781400200 raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali foydalanish mumkin. Eslatma: 2 soatgacha boʻlgan parvozlarda maxsus oziq-ovqat buyurtma qilish tartibi taqdim etilmaydi. 
 
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati

 

PDF-ni yuklab oling