Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida xabar

2023 23 Yanvar
87
Ulashing

Bugun, 2023-yil 23-yanvar kuni Toshkent, Buxoro va Termiz xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways bir nechta reyslari majburiy kechiktiriladi. 

HY054 Urganch – Toshkent, HY066 Termiz – Toshkent, HY336 Jidda – Toshkent qatnovlari Samarqand aeroportiga, HY614 Moskva – Toshkent Navoi aeroportiga, HY426 Dehli – Toshkent Namangan aeroportiga, HY274 Istanbul – Toshkent Ugranch aeroportiga, HY642 Sankt-Peterburg – Buxoro va HY9608 Moskva – Buxoro Navoi aeroportiga yo‘naltirildi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib borgan. 

HY5314 Toshkent – Jidda, HY766 Olmaota – Toshkent, HY9662 Yekaterinburg – Toshkent, HY602 Moskva – Toshkent, HY9607 Buxoro – Moskva, HY511/HY512 Toshkent – Seul – Toshkent, HY709/710 Toshkent – Minsk – Toshkent va HY103/HY104 Toshkent – Riga – Toshkent, HY271/HY272 Toshkent-Istanbul-Toshkent va HY023/HY024 Toshkent–Buxoro–Toshkent reyslari kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

PDF-ni yuklab oling