Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida xabar

2023 11 Yanvar
69
Ulashing

Bugun, 2023-yil 11-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways reyslari: HY081/082 Toshkent–Farg‘ona–Toshkent, HY277/HY278 Farg‘ona–Istanbul– Farg‘ona, HY069 Toshkent–Termiz, HY609 Termiz–Moskva, HY633/HY634 Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent, HY045 Toshkent–Samarqand va HY9857/HY9858 Namangan–Ufa–Namangan kechikib amalga oshiriladi.

Shuningdek, HY073/HY074 Namangan–Buxoro–Namangan va HY047/HY048 Namangan–Samarqand–Namangan qatnovlari ham noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilindi. Yo‘lovchilar bekor boʻlgan aviaqatnovlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

PDF-ni yuklab oling