Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida rasmiy xabar

2024 18 Yanvar
776
Ulashing

Bugun, 2024-yil 18-yanvar kuni Toshkent shahar xalqaro aeroportida ob-havo sharoiti keskin yomonlashgani sababli, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta reyslari zaxira aeroportlariga jo'natildi:

HY602 Moskva – Toshkent va HY708 Vladivostok – Toshkent reyslari Samarqand zahira aeroportiga yo‘naltirildi.  

Ob-havo sharoiti yaxshilanishi bilan ushbu reyslar belgilangan manzilga parvozlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, HY761/762 Toshkent-Olmaota-Toshkent, HY709/710 Toshkent-Minsk-Toshkent, HY423/424 Toshkent-Dehli-Toshkent, HY231/232 Toshkent-Frankfurt-Toshkent, HY301/302 Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent, HY9675/9676 Toshkent-Omsk-Toshkent, HY021/022 Toshkent-Buxoro-Toshkent, HY9685/9686 Toshkent-Sochi-Toshkent reyslari kechikib amalga oshirilishi haqida xabar beramiz.

HY9613 Toshkent – Moskva reysi Toshkentdan jo‘nab ketgandan so‘ng, yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganch aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Ushbu reys belgilangan manzil bo‘yicha jonab ketdi. 

 Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

PDF-ni yuklab oling