Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida rasmiy xabar

2022 7 Noyabr
38
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugun, 2022-yil 7-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways bir nechta reyslarini zahira aeroportlariga o‘tkazilishiga majbur bo‘lindi:

HY602 Moskva – Toshkent qatnovi Navoi aeroportiga yo‘naltirildi

HY336 Jidda – Toshkent qatnovi Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi

Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib borgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli  rejalashtirilgan HY081 Toshkent – Farg‘ona reysi  soat 06.55 dan 09.30 ga ko‘chirildi. HY277 Fargʻona – Istanbul reysi havo kemasi Fargʻona xalqaro aeroportidan oʻz yoʻnalishi boʻyicha jo‘nab ketdi.

Shu munosabat bilan, HY278 Istanbul – Farg‘ona va HY082 Farg‘ona – Toshkent reyslari kechikib amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

PDF-ni yuklab oling