Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways parvoz o‘quv muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilishini ma’lum qiladi

2025 30 Iyul
Ulashing

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;

– 21 yoshdan 36 yoshgacha.

Eslatma: Hujjatlarni topshirish kunida 20,5 yoshga to‘lmagan yoki 36 yoshga to‘lgan shaxslar tanlov saralashida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi; 

– fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining tugallangan aviatsiya ta’limi; 

– ariza berish vaqtida FA parvoz o‘quv yurti tugallanganidan boshlab 2 (ikki) yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davri; 

– havo kemasida CPL dasturi bo‘yicha FA parvoz o‘quv yurtida 120 uchish soatidan kam bo‘lmasligi;

– havo kemasida CPL ruxsatnomasiga ega bo‘lib MPL dasturi bo‘yicha FA parvoz o‘quv yurtida 50 uchish soatidan kam bo‘lmasligi;

– qurilma bo‘yicha parvozga ruxsatga ega bo‘lishi (Instrument Rating); 

– ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish;

– “kamida 4 balldan iborat boʻlgan ICAO baholash shkalasi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasi sertifikatiga ega boʻlish;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, erkak nomzodlar uchun, harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi;  

 

Nomzodlar elektron shaklda (PDF) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: 

  • Ariza (ilova)
  • pasport nusxasi
  • FA uchuvchisi guvohnomasi
  • ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar, parvoz soatlari va h.k.;
  • qurilmalar bo‘yicha parvozga ruxsatga berilganligini tasdiqlovchi hujjatini (Instrument Rating);
  • ingliz tili darajasi ICAO 4 shkalasi va undan yuqoriligini tasdiqlovchi sertifikat;
  • harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi (harbiy xizmatga majburlar uchun);  

Hujjatlarni qabul qilish 2025-yil 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2025-yilning 8-sentabr kuni boʻlib oʻtadi.

Hujjatlarni quyidagi elektron manziliga PDF-formatida yuborishingizni so‘raymiz: pilot.career@uzairways.com 

 Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan nomzodlar buni Arizada ko‘rsatishlari shart. Agar ushbu ma’lumotni yashirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlansa, ushbu nomzodlarni ko‘rib chiqish tanlovning keyingi protseduralarida bekor qilinadi.  

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?