Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng jozibador ish beruvchi hisoblanadi

2023 28 Noyabr
289
Ulashing

Uzbekistan Airways The Talentist tadqiqotiga ko‘ra eng jozibador ish beruvchi brendlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Natijalar taqdimoti va taqdirlash marosimi 2023-yilning 23-noyabr kuni O‘zbekistonda inson kapitali kunlari forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi 3500 dan ortiq respondent 100 ta yirik kompaniyani kadrlar bo‘yicha baholagan. Yakuniy reytingga 33 ta tashkilot kirdi. Uzbekistan Airways 77,66 foizlik natija bilan g‘olib chiqdi.  

Reytingni tayyorlashda ish beruvchi kompaniyalar quyidagi beshta ko‘rsatkich bo‘yicha baholandi: yaxshi ish haqi, yoqimli ish muhiti, qiziqarli ish, kompaniyaning yuqori sifatli xizmatlari/mahsulotlari va qulay joylashuvi.

Aviakompaniya xodimlarining farovonligi va malakasini oshirishga yordam beradigan yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha faol ishlarni davom ettiradi. 

 

PDF-ni yuklab oling