Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “Отдых-2023” sayyohlik yarmarkasida ishtirok etdi

2023 15 Aprel
292
Ulashing

        “Uzbekistan Airways” AJ 2023-yil 13-15 aprel kunlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Отдых-2023” xalqaro sayyohlik yarmarkasida “O‘zbekiston” Milliy stendi tarkibida ishtirok etdi.

“Отдых-2023” – bu Belarusning turizm va dam olish toifasidagi eng yirik sayyohlik yarmarkasi. Bu butun dunyo bo‘ylab o‘z mahsulotlari va xizmatlarini Belarus bozorida namoyish etadigan mamlakatlar, mintaqalar va sayyohlik kompaniyalari uchun xalqaro biznes maydondir. Ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari jahon sayyohlik assotsiatsiyalari vakillari, sanoat regulyatorlari bilan uchrashish, yangi mijozlar va hamkorlarni topish, shuningdek, biznes dasturining noyob tadbirlarida sanoat yo‘nalishlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega.

“Отдых-2023” xalqaro bahorgi sayyohlik xizmatlari kovrgazmasi – bu sayyohlik yo‘nalishlarini reklama qilish, yangi sayohatlar, uzoq yillik sheriklar bilan uchrashuvlar, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish uchun samarali biznes maydondir.

Uzbekistan Airways ushbu yarmarkada ishtirok etishi mahalliy sayyohlik operatorlari bilan munosabatlarni rivojlantirish va Belarus Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga reyslarni targ‘ib qilish, shuningdek, aviakompaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tranzit yo‘lovchi oqimini jalb qilish uchun taqdim etilayotgan xizmatlarini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Minsk shahriga parvozlarni haftasiga ikki marta – dushanba va payshanba kunlari amalga oshirmoqda.  

PDF-ni yuklab oling