Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Nukusga qoʻshimcha parvozlarni amalga oshiradi

2022 21 Aprel
117
Ulashing

“Stihia” elektron musiqa, san’at va ilm-fan festivalining sayyohlari va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida, “Uzbekistan Airways” AJ 2022-yil 6 va 9-may kunlari Toshkent – Nukus – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar amalga oshirilishini ma’lum qiladi.

06.05.2022 harakat jadvali

  • Toshkentdan joʻnab ketish 14:10
  • Nukusga yetib borish 15:50
  • Nukusdan joʻnab ketish 16:40
  • Toshkentga yetib borish 18:00

09.05.2022 harakat jadvali

  • Toshkentdan joʻnab ketish 08:30
  • Nukusga yetib borish 10:10
  • Nukusdan joʻnab ketish 11:00
  • Toshkentga yetib borish 12:20

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

PDF-ni yuklab oling