Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Mineralniye Vodiga parvozlar sonini oshirmoqda

2022 22 Aprel
112
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – ​​Mineralniye Vodi – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni oshirilishini ma’lum qildi. Ayni paytda aviaqatnovlar muntazam ravishda yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda, 2022-yil 4-maydan boshlab ular chorshanba kunlari ham amalga oshirila boshlaydi.

Toshkent – Mineralniye Vodi yo'nalishi bo'yicha aviachipta narxi 1 800 553 so'mdan (bagajsiz) va 1 960 909 so'mdan (bagaj bilan), Toshkent - Mineralniye Vodi - Toshkent yo'nalishi bo'yicha esa aviachipta narxi3 440 873 (bagajsiz) so'mdan, 3 773 192 so'mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 22.04.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan www.uzairways.com, Uzbekistan Airways Salesfilialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

PDF-ni yuklab oling